Загрузка...
Главная

20 yildan oshiq Afg‘oniston va Pokistondagi lagerlarda bo‘lgan xorazmlik ayol O‘zbekistonga qaytdi 

Ko'rildi: 833 Qo'shildi: 08-02-19


1997-yil Zumrad Ollaberganova turmush o‘rtog‘ining aldovlariga uchib O‘zbekistondan chiqib ketadi va ular "O‘zbekiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining jangarilar tayyorlash lageriga boradi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

1997-yildan 2018-yilga qadar Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston hududlarida "O‘zbekiston islom harakati” tashkiloti tomonidan tashkil qilingan "ayollar jamoatlari” safida bo‘lgan Zumrad Ollaberganova jangovar harakatlarda ishtirok etish va mahoratini oshirish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadi.

Terroristik tashkilot ishlariga 1996-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Muhammadyoqub Ollamovni ham jalb etadi. Muhammadyoqubga yuz berayotgan voqealarni tasvirga olish hamda ularni internet tarmog‘iga joylashtirish va shu orqali odamlarni qiziqtirib, tashkilot a’zolarining sonini ko‘paytirish vazifasi yuklatilgan edi.

Muhammadyoqub terroristik tashkilot tarkibida Pokiston hukumati qo‘shinlariga qarshi o‘tkazilgan jangda halok bo‘ladi.

Turmush o‘rtog‘i Norbek Ollamov esa 1999-yilning oktyabrida bir guruh jangarilar qatorida Toshkent viloyatining Angren shahriga suqulib kirmoqchi bo‘lganda yo‘q qilinadi.

Zumrad Ollaberganova 2000-yilda boshqa bir jangari Baxtiyor Navro‘zmatovga sha’riy nikoh asosida turmushga chiqib, Sumayya ismli qiz farzand ko‘radi. U yuz bergan notinchliklardan keyin boshqa ayollar singari Pokistonning Janubiy Vaziriston mintaqasining Vana qishlog‘iga ko‘chiriladi. Bu yerda Sojida ismli farzandi tug‘iladi.

—Bularning yo‘nalishlaridan xabar topganimdan keyin iloji boricha vatanga qaytishga xarakat qilganman, uydagilar bilan gaplashib, qanday qaytish yo‘llari borligini izlaganman. Shu bilan yana janglar, urushlar u tarafning og‘ir hayoti boshlandi. 2015-yil Afg‘onistonga yana shu guruh bilan qaytdik, guruh ichida kimki qaytishini sezdirib qo‘ysa otib tashlanar yoki yosh bolasi qo‘ldan olib qo‘yilar edi. 2018-yil iyul oyida bollarim bilan sakkiz jon O‘zbekiston konsulligiga pushaymonlik arizasi bilan kirib bordim. Xato yo‘llardan yurganliklarimdan pushaymonman, Prezidentdan va xalqimizdan kechirim so‘rayman, — deydi Zumrad Ollaberganova.

Zumrad Ollaberganovaga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqishda sud barcha holatlarni e’tiborga oldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi sudyasi Ra’no Kamolovaga ko‘ra, sud jarayonida Zumrad Ollaberganova o‘z aybiga iqror bo‘lib, pushaymonlik bildirganligi, shuningdek, uning 6 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan kafillik xatlari berilganligi inobatga olindi. Unga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |