Загрузка...
Главная

Toshkentda avtomobillardan raqam belgilarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi 

Ko'rildi: 1432 Qo'shildi: 03-03-15
Toshkentda shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan maxsus operatsiyalar natijasida o‘g‘rilik va bosqinchilik bilan shug‘ullangan yovuz niyatli kishilar guruhi ishtirokchilari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.Aniqlanishicha, jinoyatlar aynan bitta mashinada, biroq har safar turli davlat raqami belgilari bilan amalga oshirilgan.

Yil boshidan buyon poytaxt ichki ishlar boshqarmasi navbatchi bo‘limiga avtotransport vositalaridan davlat raqami belgilari yechilib ketilayotgani haqida kelib tushgan arizalarni inobatga olib, tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Natijada oq Lacetti markasidagi avtomashinada shaxslar guruhi Toshkent shahrining turli tumanlarida o‘g‘rilik va bosqinchilik hujumlari uyushtirgani aniqlandi.

26-fevral kuni besh nafar toshkentlik gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ulardan birining uyida o‘nlab davlat raqami belgilari topildi va musodara qilindi.

Ayni paytda hibsga olinganlarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi aniqlanmoqda.



Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 1
avatar
0
3
Nima qilarkin a
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |