Загрузка...
Главная

Toshkentda bozorda yurgan yigitlarni elektroshoker bilan qo‘rqitib, telefonlarini olib qo‘ygan zo‘ravonlar qo‘lga olindi 

Ko'rildi: 1454 Qo'shildi: 26-05-15
Toshkent shahar Bektemir tumani Ichki ishlar bo‘limiga 20 yoshli ikki yigit bozorda ularga zo‘ravonlik qilingani haqida ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi "Na postu” gazetasi.
Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt nafar noma’lum shaxs ularni elektroshoker bilan qo‘rqitib, 97 ming so‘m pul va mobil telefonlarini olib qo‘ygan.

Tezkor qidiruv chora tadbirlari professional tarzda tashkil etilishi natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlik gumoni bilan 19, 20, 21 va 29 yoshlardagi to‘rt kishi qo‘lga olindi. Jabrlanuvchilar qo‘lga olinganlar o‘sha zo‘ravonlar ekanligini tasdiqladi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |