Загрузка...
Главная

JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR… 

Ko'rildi: 2004 Qo'shildi: 05-01-18


1. Har yili milliardlab dengiz jonivorlari va qushlar plastik axlatlarni yutish oqibatida halok bo'ladi.

2. Odamning intellekti qancha yuqorilasa, shuncha xotirasi susayib, xayolparastga aylana boradi.

3. «Big-Ben» aslida minoraning emas, shu minora ichkarisidagi 13 tonnalik qo'ng'iroq nomi.

4. «Chixuaxua» degan zotli itlar dunyodagi eng uzoq umr ko'ruvchi hisoblanadi. Ular kamida 20 yildan umr ko'radi.

5. «Nimafobiya» internetdan ayrilib qolishdan qo'rqish kasalidir.

6. Har bir odam tunda kamida 15 martadan uyg'onadi. Bu bilan u bir uyqu bosqichidan boshqasiga o'tadi. Ammo bu o'tish davri shu qadar tez va qisqa bo'ladiki, biz anglay olmaymiz.

7. Odam uxlaganda, organizm tinchlanadi. Ammo tana uxlamaydi. To ertalabga qadar u o'zini turli zaharli moddalardan tozalab, darz ketgan to'qimalarni sozlash bilan band bo'ladi.

8. Yupiter sayyorasida olmosli yomg'ir yog'adi.

9. Odamzod shunday yaratilganki, unga kimdir jilmayib boqsa, u ham albatta jilmayish bilan javob qaytaradi. Bu fanda emotsional empatiya deb ataladi.

10. Jirafaning tili 45 santimetr uzunlikka ega. Shuning uchun u quloqlarini ham bemalol yalay oladi.

kadronline. ru

Olimjon Hayit tayyorladi




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |