Загрузка...
Главная

Chechenistonlik 3-sinf o'quvchisi Putin haqidagi she'ri uchun Qodirovdan «iPhone X» oladi 

Ko'rildi: 558 Qo'shildi: 06-11-17


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nadterechniy tumanidagi Beno-Yurt qishlog'ida yashaydigan uchinchi sinf o'quvchisi Xeda Ibaxiyeva eng yaxshi she'r yozib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin haqidagi she'rlar tanlovi g'olibi bo'lganini ma'lum qildi, deb yozadi«MK.ru». Ushbu tanlovni Ramzan Qodirov Xaq birligi kuni mubosabati bilan e'lon qilan edi.

Uning yozishicha, Xeda tanlovda yutib chiqqani uchun «iPhone X»ni qo'lga kiritishini bilgach, xafa bo'lgan. Qizcha tanlovda «iPhone» yutib olish uchun emas, Putinga nisbatan mehr va hurmatini izhor qilish uchun qatnashganini aytgan. Bu haqda Daryo.uz ma'lum qildi.

Qodirovning so'zlariga ko'ra, tanlovga bir kecha-kunduzda Rossiya yetakchisiga bag'ishlangan uch mingdan ortiq she'r kelib tushgan.

Eslatib o'tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov so'nggi modeldagi «iPhone» smartfonidan foydalanishi haqidagi axborotni rad etgach, «KVN»ning «NK Production» jamoasi unga yangi «iPhone X» sovg'a qilgan edi.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |