Загрузка...
Главная

Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? 

Ko'rildi: 3358 Qo'shildi: 12-08-15

Musofir.....Onanga telefon qildingmi.....Bugun?
dunyoda mehr oqibat ustun, Musofir yurtlarda yurganing uchun, Sog'inib intizor kutib turganda, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? Har zum xavotirda soatga qarab, Har kun duosida omading so'rab, Gohida pinhona sog'insa yig'lab, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? O'zing uchun yelib, baxtingni topding, Do'stu oshnolarga vaqtingni topding, Shu kunlarga yetib qadringni topding, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? Nogahon bolanga bir ozor yetsa, Ko'zinga dunyo tor, kuning bo'lar tun, Sen deb tunlari beorom o'tsa, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? Onasi qololmay darddan qutqarib, Mozorga borarlar gullar kutarib, Mehrga zor bo'lib qolibdi qarib, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? Mana shu kunlarda bir o'ylab ko'rgin, O'zing uchun olding qancha zo'r kiyim, Aytgin onang uchun ne qilding do'stim, Bir marta qo'ng'iroq qildingmi bugun? Yo'lsiz qolib, ketsang yo'l topiladi, Dilinga bir dildosh dil topiladi, Qo'y o'sha boylikni pul topiladi, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun? Ahad Qayum so'zi og'ir botmasin, Onalarnin umri g'amda o'tmasin, Mehr quyoshlari bevaqt botmasin, Onanga qo'ng'iroq qildingmi bugun?(n.y)



Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 1
avatar
3
Onajonimi sogindim
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |