Загрузка...
Главная

Tezkor xabar: Samvel Babayan iste’foga chiqarildi! 

Ko'rildi: 573 Qo'shildi: 07-09-17


O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etilganini ma’lum qiladi.

"Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi.

Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma’lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e’lon qilinadi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Eron va Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi o‘yinlarda omad tilaydi!

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston futbol federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to‘xtovsiz ravishda qo‘llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turganligi uchun milliy terma jamoamiz muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun, Samvel Babayan boshqargan O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash 3-bosqichida 13 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni egalladi va jahon chempioanatiga chiqish yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempioanatiga chiqish yo‘llanmasiga ega bo‘lishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar mavjud. Ushbu mish-mishlar zamirida Osiyo futbol konfederatsiyasi ayrim xulosalariga tayanish mavjudligi haqida biroz oldinroq xabar bergan edik.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |