Загрузка...
Главная

Nyu-Yorkda terakt: o'zbekistonlik 29 yoshli Sayfulla Soipov nega qo'liga qurol oldi? 

Ko'rildi: 945 Qo'shildi: 01-11-17


Donald Tramp AQSh chegaralarini yanada mustahkamlash to'g'risida farmon berdi. Amerika rahbarining blu qaroriga Kuni kecha tunda Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terakt sabab bo'lgani aytilmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu terakt natijasida 8 kishi qurbon bo'lgan, 15 nafari esa jarohatlangan. Mazkur teraktda gumon qilinayotgan shaxs qo'lga olingani aytilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, pikap haydovchisi velosipedlar harakati uchun mo'ljallangan yo'lakka chiqib ketgan. Mashina faqat maktab avtobusi qarshisidan chiqqanidan so'nggina majburan to'xtagan. Bunga qadar g'ildiraklari ostiga bir qancha begunohlarning qoni to'kilishiga sabab bo'lib ulgurgan.

8 kishi halok bo'lgan, 15 kishi esa jarohatlangan. Nyu-Yorkdagi egizak binolardagi portlashdan keyin sodir etilgan birinchi terakt. Ushbu qayg'uli hodisa ijrochisi sifatida gusonlanayotgan shaxs esa mamlakatimiz fuqarosi – o'zbekistonlik ekani yanada achinarli.

Pikap haydovchisi voqea joyidan yashirinishga uringan. Mashinadan tushib, atrofdagilarga qurol bilan tahdid qilgan. Politsiya xodimlari unga qarata o'q uzishgan. Natijada qornidan yaralangan gumondorni qo'lga olishga muvaffaq bo'lishgan.

Hozirda yaralangan gumondor shifoxonada. Jarrohlik amaliyotidan so'ng uning o'ziga kelgani aytilmoqda. Uning shaxsi aniqlangan. Pikapni boshqargan shaxs 29 yoshli Sayfulla Soipov ekani ma'lum qilindi. U Amerikaga 2010 yilda O'zbekistondan grin karta orqali kelgan va hozirga qadar bir necha manzillarda yashagan. U Ogayoda yuk mashinasi haydovchisi, Nyu-Jersida Uber taksi haydovchisi bo'lib ishlagan. Ayni damgacha u sodir etgan qonunbuzarliklar faqatgina yo'l harakati qoidalarini buzishdan iborat bo'lgan. Ammo gumondorning so'nggi harakati politsiya tomonidan aynan terakt sifatida baholandi. Sababi, otishma paytida Soipov «Allohu Akbar» deb baqirgan.

Halok bo'lganlar orasida amerikaliklardan tashqari, Balgiya va Argentina fuqarolari ham bo'lgan. Ushbu voqeaga Oq uy ham o'z munosabatini bildirdi. Amerika Prezidenti o'z tvitterida «Aftidan, Nyu-Yorkdagi terakt kasal va ruhan nosog'lom inson tomonidan amalga oshirilgan», deb yozdi.

Shu kabi voqealarda vatandoshimiz ishtirok etayotgani naqadar achinarli holat. Ammo, tan olish kerak, ogohlikni o'rganishimiz uchun bunga qadar ham yetarlicha signallar bo'lgna edi. Ogoh bo'laylik, yaqinlarimizni yot g'oyalardan, vahshiyliklardan asraylik.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |