Загрузка...
Главная

Maykl Jekson yana bir bor eng boy marhum «yulduz»lar reytingida yetakchilik qildi 

Ko'rildi: 314 Qo'shildi: 01-11-17


Maykl Jekson «Forbes» jurnali tomonidan har yili madaniy merosi o'limidan keyin ham daromad keltirishni davom etayotgan mashhurlar reytingiga yetakchilik qildi. «Forbes»da ta'kidlanishicha, 2009 yilda vafot etgan «pop-musiqa qiroli» ushbu ro'yxatdan beshinchi bor birinchi o'rinni egallamoqda, deb xabar berdi «TASS».

Nashr xodimlarining hisoblashlaricha, «pop-musiqa qiroli»ning mehnat mahsullari, shuningdek, unga tegishli mulklar bilan o'tkazilgan operatsiyalar, uning merosxo'rlariga 12 oy davomida 75 million dollar keltirgan. Bunda birinchi navbatda Las-Vegasdagi «Cirque du Soleil» tomosha dasturidan o'rin olgan «Scream» albomi hamda «EMI» ovoz yozish kompaniyasidagi ulushi katta rol o'ynagan. Bu haqda Daryo.uz ma'lumot berdi.

O'tgan yilda ushbu ko'rsatkich 825 million dollarni tashkil etgan. Ushbu mablag'ning katta qismi — 750 million dollari dunyodagi eng yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biri bo'lmish «Sony/ATV»dagi ulushining sotuvidan kelgan.

Reytingdan ikkinchi o'rinni o'tgan yilning sentyabrida vafot etgan professional golfchi Arnold Palmer egalladi. Uning ko'rsatkichi — 40 million dollar. Ushbu pullarning asosiy qismi u tomonidan yaratilgan ichimlikka  (limonad va sovuq choydan iborat) tegishli huquqlarning, shuningdek, boshqa intellektual mulklarining sotuvidan kelgan.

Uchinchi o'rinni esa 2000 yilda olamdan o'tgan amerikalik karikaturachi Charlz Shuls band etdi (38 million dollar). U Peanuts nomli komiksning muallifi hisoblanadi. Daromadning asosiy qismi rassom tomonidan yaratilgan qahramonlarni ishlatish huquqidan kelgan.

To'rtinchi o'rinni 1977 yilda vafot etgan Elvis Presli egalladi (35 million dollar). O'lganiga bir necha o'n yil bo'lganiga qaramay, muxlislar hamon qo'shiqchining disklarini, uning surati tushirilgan buyumlarni sotib olishni va unga tegishli Memfis shahridagi «Greyslend» yer-mulkida tashrif buyurishni davom etmoqda.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |