Загрузка...
Главная

IIBB Toshkentda Spark’ga qarshi qurol ishlatilganini tasdiqladi. Spark o‘g‘rilari qo‘lga olinganmi yoki yo‘q 

Ko'rildi: 1079 Qo'shildi: 05-09-17 Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mustaqillik shoh ko‘chasi va Oqqo‘rg‘on (Darxon) ko‘chalari kesishmasida 5-sentabr kuni yuz bergan noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuzasidan bayonot berdi.

Avvalroq Mustaqillik — Oqqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasida Spark rusumli avtomobil besh mashinani urib, o‘ziga yo‘l ochib, qochib ketgani, ichki ishlar idoralari xodimlari vaziyat guvohiga aylangani haqida xabar berilgan edi. Hodisa joyidan olingan videoda o‘q ovozlarini eshitish mumkin.

IIBB axborotida qayd etilishicha, 4-sentabr kuni taxminan 13:30 larda noma’lum shaxs Uchtepa tumanida qarovsiz qoldirilgan Spark avtomobilini olib qochgan. Holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan "transport vositasini olib qochish” alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, mazkur avtomashina fuqarolar, yo‘lovchilar va haydovchilarga zarar yetkazmasligi maqsadida quroldan foydalangan holda harakatlanishiga chek qo‘yilib, to‘xtatildi”, — deyiladi IIBB axborotida.

Avtomobil aynan qayerda to‘xtatilganiga, huquqbuzarlar qo‘lga olingan-olinmaganiga rasmiy axborotda aniqlik kiritilmagan. "Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan Spark orqa bamperi tushib ketgan va old shinalaridan biri pusaygan holda Botkin qabristoni yaqinida topilgan.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |