Загрузка...
Главная

“Istiqlol” san’at saroyi direktori “Million” jamoasining konsertida balkonda joy talashib janjallashgan yigitlar haqida nima dedi? 

Ko'rildi: 967 Qo'shildi: 07-09-17

"Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi.



Saroy direktori suhbat davomida "Million” jamoasining 2017-yil aprel oyidagi konserti vaqtida saroy balkonida ikki yigitning joy talashib ko‘targan janjaliga ham to‘xtalib o‘tdi.



"Million” jamoasi konserti vaqtida yoshlar balkonda joy talashib urishib qolgan. Bir yigit o‘z joyini qidirib, joyiga o‘tirayotganda, boshqa bir yigit "Nega mening yuzimga fonar tutayapsan?”, deb urishib ketgan. Militsiya xodimlari ikkisini ham ajratib, ularning ustidan ish qo‘zg‘adi.

Bu nima degan gap, o‘zini ko‘rsatishmi bu? Avvalo bunday bolalarga ota-onasi yaxshi tarbiya bergan bo‘lishi kerak. "Istiqlol” san’at saroyi ular tartibsizlik qiladigan joy emas-ku!

To‘rt mingga yaqin odamning ko‘nglini olishimiz kerak. Har xil odam, har xil tomoshabin bor. Avvalo shunday tartibsiz yoshlarimizda konsertga kelish, saroyda o‘tirish va konsert tomosha qilish madaniyatini ko‘tarish kerak.

Isroil G‘ulomov, "Istiqlol” san’at saroyining direktori




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |