Загрузка...
Главная

Meksika osmonida zilzila sodir bo‘lgan kuni ancha paytgacha o‘zga sayyoraliklar kemasi parvoz qilibdi. Nahotki?.. (Video) 

Ko'rildi: 784 Qo'shildi: 25-09-17


Haqiqatan, o‘sha kuni Meksika osmonida o‘zga sayyoraliklar fazo kemasi parvoz qilgani videomaterialda ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu holat deyarli vayronaga aylangan Pueblo shahri televidenie orqali namoyish etilayotganda kuzatilgan. O‘shanda minglab tomoshabinlar Pueblo osmonida noma'lum ob'ekt parvoz qilayotganini kuzatishgan. Xo‘sh, agar bu ob'ekt o‘zga sayyoraliklar kemasi bo‘lsa, ularni nima qiziqtirdi? Zilzilami? Olimlarning fikricha, o‘zga sayyoraliklar hech qachon shunchaki qiziqish, tomosha qilish niyatida kezishmaydi. Demak, ularni xuddi shu shahardagi biror jiddiy masala qiziqtirgan.

Boshqa bir olimlar guruhi esa osmondagi parvoz qilayotgan ob'ekt shunchaki dronlar bo‘lishi mumkinligini bayon qildi. Aytishlaricha, o‘sha dronlar yordamida vayronalar suratga olingan va keyinchalik internet saytlariga joylangan bo‘lishi mumkin.

Ammo Mexiko ko‘chalaridagi asfalt yo‘llar pastdan yuqoriga ko‘tarilib tushib, butun mamlakat ahlini dahshatga solishi, go‘yo shu yo‘l bilan nafas olishi illyuziya emas. Ufologlar bu holat yaqin vaqtlar ichida sodir bo‘lishi kutilayotgan megazilziladan darak ekaniga sira shubha qilishmayapti.

esoreiter. ru

 




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |