Загрузка...
Главная

«Soipov ishi» «o'zbek ishi» emas… (yoxud «»Green Card»‘ni bekor qilish uchun uyushtirilgan fitnami?») 

Ko'rildi: 501 Qo'shildi: 04-11-17


Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi saytida Nyu-York voqealari va uning atrofidagi hodisalarga munosabat bildirilgan.

«O'zini o'zbek millatiga mansub deb bilgan yoki O'zbekistonga daxldor hisoblovchi har bir inson shu yilning 31 oktyabrida AQShning Nyu-York shahrida yuz bergan va terrorchilik deb baholanayotgan hodisadan qattiq iztirob va afsusda desak, adashmagan bo'lamiz.

Sodir etilgan mudhish holatdan so'ng, dunyo afkor ommasi voqeaga o'z munosabatini bildirmoqda. Ularning orasida bo'lib o'tgan voqeadan g'arazli maqsadlari yo'lidafoydalanmoqchi bo'lgan shaxslar ham talaygina ekani ko'rindi. Xususan, shunday kayfiyatdagi OAVlar voqeani sodir etgan shaxs Soipov Sayfulla Habibullayevich o'zbek millatiga mansub musulmon ekani va «grin kard» orqali O'zbekistondan Amerikaga kelganiga urg'u bermoqdalar.

S.Soipov 2010 yilda O'zbekistondan ketgan bo'lsa, o'tgan 7 yil ichida O'zbekistonning Amerikadagi konsullik xizmatiga biror marta ham murojaat qilmagan. Eng qizig'i, bu shaxs O'zbekistonda yashagan22 yil davomida biror marta ham huquqbuzarlik sodir etmagan. AQShga borganidan keyin esa o'tgan muddat ichida 4 marta qonunbuzarlik sodir etishga ulgurgan. Sir emaski, AQShda har kuni turli millat vakilari tomonidan ko'plab jinoyatlar sodir etiladi. Ularning bu yo'lni tanlashlariga arab, nemis yoki rus millatiga mansub ekanlari emas, balki o'sha kimsalarni o'rab turgan muhit sababchi, desak haq gapni aytgan bo'lamiz. Shundan kelib chiqqan holda, qo'rqmasdan, S.Soipovda jinoyatchilik xarakterini shakllanishiga Amerika jamiyatidagi nosog'lom muhitning ta'siri katta bo'lgan, deya olamiz.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, sodir etilgan mudhish holat AQSh rahbariyatining «grin kard»lotoreyasini bekor qilish siyosatini asoslash uchun oldindan tayyorlangan rejaning bir qismi ham bo'lishi mumkin. Chunki, AQSh prezidenti «grin kard»ni bekor qilish uchun o'ziga tarafdorlarni qidirayotgani ancha oldindan hammaga ma'lum edi. Bo'lib o'tgan mash'um hodisa esa, «grin kard»ni bekor qilish yoki uning tartibini o'zgartirish uchun bahona vazifasini o'tashi mumkin.

Ba'zi tadqiqodchilar esa, terrorchilik deb urg'u berilayotgan bu jarayonni islamofobiya, ya'ni islom dini va musulmonlarni yomonotliq qilishga qaratilgan yana bir urinish sifatida baholamoqdalar. Chunki, OAVda S.Soipovni musulmon ekani va jinoyatni sodir etib bo'lganidan so'ng «Allohu akbar» deb qochayotganida politsiya xodimlari tomonidan otilganiga urg'u berilmoqda. Vaholanki, politsiya xodimlari OAVning bu da'volari asossiz ekani va u hech qanday diniy shiorlarni ishlatmaganini bildirganlar.

Nima bo'lganda ham, bo'lib o'tgan voqea tinchliksevar o'zbek xalqini qattiq iztirobga soldi. O'zbekiston hech qachon, u o'zbek bo'ladimi yoki boshqa millat vakilimi, bunday buzg'unchi ishlarining sodir etilishiga xayrixoh bo'lmagan. Shu bois, bir nodon kimsaning qilmishi deb 32 millionlik xalq borasida salbiy fikrlarning izhor qilinishini katta xato, deb hisoblaymiz.

Dono xalqimiz aytganidek: «daydi it ichgani bilan dengizning suvi iflos bo'lib qolmaydi»…»

 

manba: azon.uz




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |