Загрузка...
Главная

O‘zbekistonda noqonuniy kirakashlarga qarshi kurashuvchi maxsus inspektorlar ish boshlaydi 

Ko'rildi: 799 Qo'shildi: 12-12-17

Kelasi yili O‘zbekiston yo‘llarida noqonuniy kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga qarshi kurashuvchi maxsus inspektorlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, texnik jihatdan bu inspektorlar O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xodimlari bo‘lib qoladi. Ammo endi ular o‘z formasiga ega bo‘lib, avtomobillarni to‘xtatish hamda hujjatlarni tekshirish vakolatini qo‘lga kiritadi.

Agentlikning vakilining so‘zlariga qaraganda, bu boradagi takliflar hukumatga kiritilgan bo‘lib, ular davlat hokimiyati organlari ma’muriy islohotlari doirasida ma’qullanishi kutilmoqda.

2017-yilning sentabr – oktabr oylarida mamlakatda 1200 dan ortiq reydlar o‘tkazildi, ularning doirasida noqonuniy odam tashish bilan bog‘liq 5700 holat qayd etildi. 1700 holat bo‘yicha 1,95 milliard so‘mlik jarima undirildi.

manba: Daryo. uz




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |