Загрузка...
Главная

“Al-Qudsni boy bersak, Makka va Ka'bani ham boy beramiz” – Erdo'g'an 

Ko'rildi: 845 Qo'shildi: 18-12-17


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Al-Qudsning boy berilishidan musulmon dunyosini ogohlantirdi.

"Agar biz Al-Qudsni boy bersak, Madinai munavvarani himoya qilolmaymiz. Agar Madinani yo'qotsak, Makkani himoya qilolmaymiz. Agar Makka qo'ldan ketsa, Ka'bani boy beramiz”, deb aytdi. U bu haqda 15 dekabrda NTV telekanali efirida aytib o'tgan, deb yozmoqda Kun nashri.

Erdo'g'anning ta'kidlashicha, AQSh Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qilishi ortidan Yaqin Sharq va Al-Quds atrofidagi barcha musulmonlarga yangi hujum boshlandi.

U Turkiya Trampning bu qaroriga qarshi yanada muhim qadamlar amalga oshirishini ta'kidlab o'tgan. Erdo'g'an Al-Quds butun dunyo musulmonlarining or-nomusi ekaniga ishora qilib, "Alloh bizga himoya qilishni buyurgan va ajdodlarning omonati bo'lgan Al-Qudsni himoya qilish uchun lozim bo'lgan barcha ishni qilamiz”, deb aytgan.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |