Загрузка...
Главная

Maktab o'quvchilari qachondan ta'tilga chiqishi ma'lum qilindi 

Ko'rildi: 1050 Qo'shildi: 18-12-17


Yangi yil kirib kelishi arafasida odatga ko'ra O'zbekistondagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb hunar kollejlari, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari qishki ta'tilga chiqadilar.

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo'lib o'tadi. Shu munosabat bilan qishki ta'til ertaroq beriladi degan xabarlar tarqalgan edi. "Qalampir.uz” Xalq ta'limi vazirligi mas'ullari bilan bog'landi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligidan ma'lum qilishlaricha, O'zbekistondagi barcha umumiy ta'lim maktablarida qishki ta'til 28 dekabrdan boshlanib, 10 yanvarga qadar davom etadi. 2018 yil 11 yanvar, payshanba kunidan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablari yana o'quvchilarga quchoqlarini ochadi. Umumiy ta'til kunlari esa dam olish kunlari bilan 14 kun etib belgilangan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan umumiy o'rta ta'lim uchun qishki ta'til 11 dan 14 kunga uzaytirilgan edi.

 

manba: qalampir.uz




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |