Загрузка...
Главная

Ichki ishlar vaziri qiynoqqa solishlarga barham berish bo‘yicha ish boshlanganini ma’lum qildi 

Ko'rildi: 593 Qo'shildi: 05-01-18


O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hibsga olingan va javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish, ruhiy va jismoniy bosim qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Dastur 2018–2020-yillarda joriy etiladi, deb xabar beradi "Gazeta.uz”.

"Ma’lumki, hozirga qadar xalq ichki ishlar organlarini jazolovchi organlar deb hisoblar edi. Sir emas, odamlar qiynoqqa, shafqatsiz munosabatga duchor bo‘lishi haqida fikrlar yuradi”, — dedi u.

Uning aytishicha, bunday holatlarni bartaraf etish uchun barcha jazoni ijro etish muassasalarini, tergov izolyatorlarini, vaqtincha saqlash izolyatorlari va maxsus qabulxonalarni, ma’muriy jazo o‘tash va zarur tadbirlarni belgilash joylarini videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Xalqaro standartlar hamda chet el davlatlari tajribasi asosida ichki ishlar organlarida so‘roq stenografiyasini olib borish, videokuzatuvni amalga oshirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, tergov harakatlarini audioda va videoda qayd etish vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar tayyorlanmoqda.

Mahbuslarning masofali videouchrashuvlarini tashkil etish uchun himoyalangan axborot kanali bo‘yicha bosqichma-bosqich videokonferensiya tizimi joriy etiladi.

"Ayni paytda bunday maxsus xona ichki ishlar vazirligi tergov departamentida ochilgan. Keyingi yillarda barcha tergov bo‘limlarida bosqichma-bosqich shunday xonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda”, — qayd qilib o‘tdi Po‘lat Bobojonov.

Uning ta’kidlashicha, bu fuqarolarning yolg‘on dalillar, tuhmat natijasida jazoga tortilishining oldini oladi, jinoyat-protsessual norma realizatsiyasini ta’minlaydi.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |