Загрузка...
Главная

Saudiya valiahd shahzodasi faqat o'ziga bo'ysunuvchi kichik armiyasini tashkil etdi 

Ko'rildi: 571 Qo'shildi: 12-01-18


Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon dunyodagi eng yirik xususiy harbiy kompaniya «Blackwater» kabi armiyani tashkil etdi. Bu haqda «Sabq» nashri xabar berdi.

«Al-Ajrab shamshiri» deb nomlangan tizim 2015 yilda shakllantirilgandi, biroq uning tarkibida to'g'ridan-to'g'ri va faqat valiahd shahzodaga bo'ysunadigan bo'linma borligi endi ma'lum bo'ldi.

Bo'linma jiddiy tayyorgarlikdan o'tgan 5 ming nafar zobit va askardan iborat. Ular orasida maxsus kuchlar, havo desanti, jangovar suzuvchilar, merganlar, noroziliklarni bostirish va minalardan zararsizlantirish otryadalari bor.

Kichik armiya vazifalari sirasiga podshoh va valiahd shahzodani himoyalashdan tashqari, qarorgohlar, o'ta muhim shaxslarni qo'riqlash, hukmdor va valiahd shahzoda tashkillagan barcha tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash kiradi.

Jangovar otryadning nomi ikkinchi Saudiya Arabistoni davlati asoschisi imom Turki bin Abdulloh bin Muhammad Ol-Saudning qilichi nomiga qo'yilgan. 19-asrda qilich imom Saud bin Faysal Ol-Saud tomondan Bahraynning o'shandagi qiroli shayx Iso bin Halifaga berilgan.

Qilich hukmron Al-Halifa oilasida 140 yil saqlangan va 2010 yilda Saudiya Arabistonining o'sha vaqtdagi qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol-Saudga qaytarilgan.

 

manba:sof.uz 




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |