Загрузка...
Главная

«Endi Toshkentdan Moskvaga 100 dollarga uchish mumkin bo'ladi». 

Ko'rildi: 1342 Qo'shildi: 28-02-18

Milliy loukosterning tashkil etilishi xalqaro aviatashuvlar narxini sezilarli pasaytirish imkonini beradi. Bu haqda,  Spotga tayanib daryo.uz xabar bermoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi vaqtda narx-navo haqida aniq bir narsa deyish qiyin — barchasi ikkinchi tomon (samolyotlar parvoz qiladigan aeroportlar) qanday shartlar qo'yishiga bog'liq.

Shunga qaramay, masalan, Toshkentdan Moskvaga parvoz narxi taxminan 100 dollar atrofida bo'lishini hozirdan aytish mumkin (hozirgi vaqtda «O'zbekiston havo yo'llari»ning «Toshkent—Moskva» yo'nalishidagi reyslariga chipta narxi, sanasiga qarab, 300—350 dollardan boshlanadi).

Bundan tashqari, boshqa loukosterlarda bo'lgani singari, milliy loukosterda ham narx samolyot qaysi aeroportga uchishi, bortdagi xizmatlar to'plami va boshqa omillardan kelib chiqib shakllantiriladi.

«Loukosterlar asosan sayyohlik yo'nalishlari uchun ishlaydi, bizda ham shunday bo'ladi», — dedi Umid Husanov.

Uning qo'shimcha qilishicha, katta ehtimol bilan, milliy loukosterning asosiy yo'nalishlari, birinchi galda, Turkiya, Misr va Rossiya bo'ladi. Loukoster ichki yo'nalishlar bo'ylab ham parvoz qiladi.

Loukosterni tashkil etish bo'yicha ishlarni 2018 yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Ma'lum bo'lishicha, «O'zbekiston havo yo'llari» Rossiyaning «Aeroflot» va uning «Pobeda» loukosteridan mo'ljal olib, loukosterlarni tashkil etish bo'yicha xalqaro tajribani o'rganmoqda.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |