Загрузка...
Главная

Namangan viloyat FVB: Gumburlash ovozi eshitilgani rost, lekin manbasi hozircha noma’lum 

Ko'rildi: 1941 Qo'shildi: 15-12-18


Namangan viloyatida 6-dekabr kuni sirli gumburlash hodisasi yuz bergan edi. 14-dekabr kuni ham soat taxminan 10:00 larda viloyatda yana portlashni eslatuvchi gumburlash ovozi tarqalgan(mushtariylar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ovoz Andijon va Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida ham eshitilgan).

O‘zA ushbu holat yuzasidan "vahima va mish-mishlarning oldini olish maqsadida” Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan bog‘langan. Boshqarma boshlig‘i B.Ashurov gumburlash ovozini eshitganini tasdiqlagan.

Ovoz eshitilgani rost. Biz shu zahoti barcha tumanlardagi bo‘linmalar, ichki ishlar, yong‘in xavfsizligi, gidrometeorologiya, seysmologiya xizmatlari bilan tezkor bog‘lanib olgan ma’lumotlarmizga ko‘ra, viloyat hududida hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro‘y bermagan.

Shuningdek, boshqarma navbatchilik qismiga ham fuqarolardan favqulodda holat haqida murojaat kelib tushmadi. Ovozning manbaasi hozircha noma’lum. Uni aniqlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Sababi aniqlansa, albatta yurtdoshlarimizga ma’lum qilinadi.

B.Ashurov, Namangan viloyati FVB boshlig‘i

Manba; Daryo.uz




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar


Ахборот-таҳлилий портали 2016 йилнинг 17 Февралда давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 0005786. Муассис: "Namanganliklar Group" x/k манзили 160100, Наманган шаҳри, Зерабулок кўчаси, 12-уйМатериалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт.
 Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.
 | |