Загрузка...
Главная

Zaharlanish oqibatida vafot etgan uch opa-singil o'limi yuzasidan Prokuratura rasmiy ma'lumot berdi 

Ko'rildi: 982 Qo'shildi: 16-11-17


Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi oilaning uch nafar qizlari zaharlanish sabab vafot etgani to'g'risida xabar bergan edik. Joriy yilning 8 noyabrida sodir bo'lgan ushbu voqea ustidan prokuratura organlari jinoyat ishi ochgan.

Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo'limi boshlig'i o'rinbosari Vohib Sharopov ushbu ish yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qalampir nashri xabariga ko'ra, opa-singil Qosimovalarning o'limi holati yuzasidan 9 noyabr kuni Prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, qizlarning kattasi endigina maktabga chiqqan, qolgan ikki nafari esa tumandagi "Samo qaldirg'ochlari” nomli 299-sonli bog'cha tarbiyalanuvchilari bo'lgan.




Do'stlaringizga birinchilardan bo'lib yetkazing!



Всего комментариев: 0
avatar

Видео и аудио материалы предназначены исключительно для предварительного ознакомительного просмотра и прослушивания. | |